1. Tabulatura nima?

Tabulatura nota yozuvining ilk shakllaridan bo‘lib, unda musiqa asari jadval shaklida, musiqiy tovushlar esa harflar, raqamlar va boshqa maxsus belgilar yordamida ifodalanadi. Bu yozuv odatda pardali torli asboblar uchun mo‘ljallangan asarlarni yozishda qo‘llaniladi.

Tabulatura olti chiziqdan iborat bo‘lib, har bir chiziq gitaraning muayyan toriga mos keladi. Odatda tabulaturaning eng yuqori chizig‘i gitaraning eng ingichka toriga to‘g‘ri keladi. Chiziqdagi raqamlar esa tegishli torda o‘sha raqamga mos keluvchi pardani bosish kerakligini anglatadi. 0 raqami torni ochiq chalish kerakligini bildiradi. Tabulatura vertikal chiziqlar yordamida taktlarga bo‘linadi. 

Tabulatura nota yozuviga nisbatan ancha osondir. Ammo nota yozuvidan farqli o‘laroq, tabulaturada tovushlarning cho‘zimi ko‘rsatilmaydi. Shu sababdan tabulatura o‘zingizga tanish bo‘lgan ohanglarni o‘rganishda qo‘l keladi.

Gitara tabulaturalarida akkordlar ham ko‘rsatilsa-da, ular asosan gitara yordamida ijro etilgan solo va arpedjio, ya’ni akkord notalari birma-bir chalingan ohanglarni o‘rganishda qo‘l keladi.

Gitarachilar tabulaturadan keng foydalanadi. Shuning uchun ham millionlab ashula tabulaturasi jamlangan tabulatura omborlari, ularni ochish va tahrirlash uchun son-sanoqsiz sayt, dastur va ilovalar tayyorlangan. Ularning ayrimlari bilan quyida tanishasiz.

2014-yil o‘zbekistonlik gitarachi Nasib Abdulmanov ilk marotaba o‘zbekcha ashulaning to‘liq tabulaturasini tayyorladi. Bu Bolalar guruhining „Nega men sensiz?“ qo‘shig‘i tabulaturasidir. Quyida ushbu tabulatura asosida tayyorlagan videodarsim bilan tanishishingiz mumkin. Videoning birinchi yarmida tabulatura haqida umumiy ma’lumot berilgan.

Quyida esa Lola Yo‘ldoshevaning „Muhabbatim“ qo‘shig‘ida chalingan sodda solo ham nota yozuvi (yuqori qator), ham tabulatura (pastki qator) shaklida keltirilgan. Uni chalishdan avval soloni eshitib ko‘ringҚуйида эса Лола Йўлдошеванинг «Муҳаббатим» қўшиғида чалинган содда соло ҳам нота ёзуви (юқори қатор), ҳам табулатура (пастки қатор) шаклида келтирилган. Уни чалишдан аввал сологни эшитиб кўринг:Қуйида эса Лола Йўлдошеванинг «Муҳаббатим» қўшиғида чалинган содда соло ҳам нота ёзуви (юқори қатор), ҳам табулатура (пастки қатор) шаклида келтирилган. Уни чалишдан аввал сологни эшитиб кўринг::

Istasangiz, ashulaning Songsterr yoki Ultimate Guitar saytlariga yuklangan tabulaturasini ochib, u yerda ham eshitib ko‘ring. So‘ngra tabulaturaga qarab ohangni chalib ko‘ring.

Lola - Muhabbatim

Quyida esa ashulani gitarada chalish ko‘rsatilgan videodars bilan tanishishingiz mumkin.

2. Tabulatura dastur va ilovalari

Guitar Pro kabi pullik hamda TuxGuitar kabi bepul dasturlar yaratilgan bo‘lib, ular yordamida mavjud tabulatura fayllarni ochib ko‘rishingiz, ularni tahrir qilishingiz yoki yangi tabulaturalarni yaratishingiz mumkin. Bu dasturlarda ham standart nota chiziqlari, ham tabulaturani ko‘rish mumkin. Hatto asbobning virtual diagrammasi yordamida qaysi pardalarni bosish kerakligini ko‘rish mumkin.

Bunday dasturlar yordamida biron qo‘shiqda ishlatilgan har bir asbob (gitara, bas gitara, solo gitara, barabanlar, klavishli cholg‘ular va hokazo) uchun qator (dorojka) tayyorlash mumkin, ularni istalgan tempda eshitib ko‘rish mumkin. Shuningdek, ba’zi bir qatorlarni o‘chirib turish, qolganlarining tovushini o‘zgartirish mumkin. Bundan tashqari, faqatgina bitta qatorni eshitib ko‘rish ham mumkin.

Guitar Pro

Guitar Pro dasturida gitarachilar va umuman musiqachilar uchun kuchli MIDI tahrirlovchi, akkord tuzuvchi, metronom va boshqa ko‘plab asboblar bor. Dasturning Windows, Mac OS va Linux operatsion tizimlari uchun yaratilgan versiyalari mavjud. Guitar Pro Fransiyada joylashgan Arobas Music shirkati tomonidan tayyorlanadi. Guitar Pro dasturini uning rasmiy saytidan ko‘chirib olish mumkin.

TuxGuitar

TuxGuitar dasturi Guitar Prodan farqli o‘laroq bepul bo‘lib, u yordamida nafaqat TuxGuitar formatidagi, balki Guitar Pro formatidagi fayllarni ham ochish mumkin. Dasturni SourceForge saytidagi sahifasidan bepul ko‘chirib olishingiz mumkin. Shuningdek, dasturning mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan versiyasini Google Play saytidan ko‘chirib olish mumkin.

3. Tabulatura omborlari

Hozirgi kunda musiqa asarlari tabulaturalari to‘planadigan onlayn omborlar juda ko‘p. www.songsterr.com saytida mavjud tabulaturalarni hech bir dastursiz ko‘rish mumkin. Jumladan, saytda Nasib Abdulmanov tayyorlagan o‘zbekcha ashulalar tabulaturalari ham bor. O‘zbekcha ashula tabulaturalariga bo‘lgan linklar quyida berilgan.

Guitar Pro dasturi yordami ochish mumkin bo‘lgan tabulaturalarni bir necha saytdan bepul ko‘chirib olsa bo‘ladi. Bunday saytlarda ham tanilgan, ham tanilmagan ijrochilarning asarlari mavjud. Masalan, www.ultimate-guitar.com saytida minglab ashulaning, jumladan, o‘zbekcha ashulalarning Guitar Pro dasturi bilan ochish mumkin bo‘lgan tabulaturalarini topasiz.

tuxguitar.herac.com.ar saytida esa TuxGuitar dasturi yordamida ochish mumkin bo‘lgan tabulaturalar keltirilgan. Sayt va dastur ko‘ngillilar tomonidan tuzilgani uchun har doim ravon ishlamaydi. Shunday ekan, bu link ishlamay qolsa, hayron bo‘lmang.

4. O‘zbekcha ashulalar tabulaturalari

Quyida Nasib Abdulmanov tayyorlagan barcha o‘zbekcha ashula tabulaturalariga linklar berilgan. Onlayn tabulaturalarni hech bir dastursiz ochish mumkin. Guitar Pro va TuxGuitar formatidagi tabulaturalarni esa maxsus dastur yoki ilova bilan ochish kerak. Ularning ayrimlari haqida yuqorida yozilgan. Shuningdek, Foydali linklar sahifasida bir necha tabulatura dasturi va ilovasiga linklar berilgan.

Onlayn

  1. Bolalar – Nega men sensiz?
  2. Ravshan Sobirov va Setora – Xayr, maktabim!
  3. Bolalar – Senga bog‘langan qalbim
  4. Samandar – Eng gullagan yoshlik chog‘imda
  5. Bolalar – Yoz, alvido!
  6. Bolalar – Sen ketgan kundan
  7. Bolalar – Bo‘ldi xato
  8. Bolalar – Adashdim
  9. Bolalar va Lola – Undan nimam kam?
  10. Bolalar – Kel, yashaylik biz birga
  11. Lola – Netayin?
  12. Ravshan Sobirov – Sen yig‘lama
  13. Bolalar – Meniki bo‘lsa
  14. Lola – Muhabbatim
  15. Bolalar – Bilaman, bu – hayot
  16. Kumush Razzoqova va Kozim Qayumov – Oq bulut
  17. Bolalar – Seni sog‘indim
  18. Sahar – Yomg‘ir
  19. Lola – Orzu
  20. Ulug‘bek Rahmatullayev – Qirmizi olma/Яблоко любви
  21. Rayhon – Yurak
  22. Bolalar – Tanlagandim men seni
  23. Bolalar – Esingdami seni?
  24. Ulug‘bek Rahmatullayev – Sog‘inib/Скучаю
  25. Dado – Yuragim
  26. Sardor Rahimxon – Do‘st/Друг

Guitar Pro formatida

  1. Bolalar – Nega men sensiz?
  2. Ravshan Sobirov va Setora – Xayr, maktabim!
  3. Bolalar – Senga bog‘langan qalbim
  4. Samandar – Eng gullagan yoshlik chog‘imda
  5. Bolalar – Yoz, alvido!
  6. Bolalar – Sen ketgan kundan
  7. Bolalar – Bo‘ldi xato
  8. Bolalar – Adashdim
  9. Bolalar va Lola – Undan nimam kam?
  10. Bolalar – Kel, yashaylik biz birga
  11. Lola – Netayin?
  12. Ravshan Sobirov – Sen yig‘lama
  13. Bolalar – Meniki bo‘lsa
  14. Lola – Muhabbatim
  15. Bolalar – Bilaman, bu – hayot
  16. Kumush Razzoqova va Kozim Qayumov – Oq bulut
  17. Bolalar – Seni sog‘indim
  18. Sahar – Yomg‘ir
  19. Lola – Orzu
  20. Ulug‘bek Rahmatullayev – Qirmizi olma/Яблоко любви
  21. Rayhon – Yurak
  22. Bolalar – Tanlagandim men seni
  23. Bolalar – Esingdami seni?
  24. Ulug‘bek Rahmatullayev – Sog‘inib/Скучаю
  25. Dado – Yuragim
  26. Sardor Rahimxon – Do‘st/Друг

TuxGuitar formatida

  1. Bolalar – Nega men sensiz?
  2. Ravshan Sobirov va Setora – Xayr, maktabim!
  3. Bolalar – Senga bog‘langan qalbim
  4. Samandar – Eng gullagan yoshlik chog‘imda
  5. Bolalar – Yoz, alvido!
  6. Bolalar – Sen ketgan kundan
  7. Bolalar – Bo‘ldi xato
  8. Bolalar – Adashdim
  9. Bolalar va Lola – Undan nimam kam?
  10. Bolalar – Kel, yashaylik biz birga
  11. Lola – Netayin?
  12. Ravshan Sobirov – Sen yig‘lama
  13. Bolalar – Meniki bo‘lsa
  14. Lola – Muhabbatim
  15. Bolalar – Bilaman, bu – hayot
  16. Kumush Razzoqova va Kozim Qayumov – Oq bulut
  17. Bolalar – Seni sog‘indim
  18. Sahar – Yomg‘ir
  19. Lola – Orzu
  20. Ulug‘bek Rahmatullayev – Qirmizi olma/Яблоко любви
  21. Rayhon – Yurak
  22. Bolalar – Tanlagandim men seni
  23. Bolalar – Esingdami seni
  24. Ulug‘bek Rahmatullayev – Sog‘inib/Скучаю
  25. Dado – Yuragim
  26. Sardor Rahimxon – Do‘st/Друг