1. Akkord zinalari / ketma-ketliklari
Akkord zinasi yoki akkord ketma-ketligi (inglizcha chord progression) musiqa asarida akkordlarning muayyan tartibda chalinishidir. Akkord zinalari zamonaviy musiqa, jumladan, pop musiqa, rock musiqa, blues, jazz janrlaridagi musiqaning asosidir. Bu janrlarda akkord zinalari asosida melodiya va ritm quriladi.
Tonal musiqada akkord ketma-ketliklari tonallikni tuzadi yoki unga qarshi chiqadi. Klassik musiqa teoriyasida akkord zinalari rim raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, I – vi – ii – V keng tarqalgan akkord zinasidir. Ushbu zinani C (do) major tonalligida quyidagicha chalamiz: C (do major) – Am (lya minor) – Dm (re minor) – G (sol major).
Gitarachilar ham akkord zinalarini rim raqamlari bilan belgilaydi. Masalan, 12 taktli blues gammasi I, IV va V akkordlardan iborat o‘laroq ko‘riladi. Xususan, blues gammasining oddiy versiyasini I – I – I – I, IV – IV – I – I, V – IV – I – I deya belgilash mumkin. Akkord zinalarini rim raqamlari bilan belgilash boshqa cholg‘u ijrochilardan biror kuyni istalgan tonallikda ijro etishni so‘rash imkonini beradi. Masalan, yuqoridagi blues akkord zinasini C (do major) tonalligida ijro etish so‘ralsa, musiqachilar quyidagi akkordlarni ijro etadilar: C – C – C – C, F – F – C – C, G – F – C – C. Agar ayni zinani G (sol) major tonalligida ijro etish kerak bo‘lsa, unda akkordlar zinasi quyidagicha bo‘ladi: G – G – G – G, C – C – G – G, D – C – G – G.
2. Major gammasiga asoslangan akkordlar
Major gammasi asosida 7 ta diatonik akkord tuzish mumkin. Major gammalarda 7 ta nota bor, shunday ekan, bu gammaga asoslanib yetti akkorddan iborat ketma-ketlik tuzsak bo‘ladi. Masalan, C (do major) gammasi olaylik. Bu gamma quyidagi notalardan iborat: C – D – E – F – G – A – B – C (do – re – mi – fa – sol – lya – si – do).
C (do major) tonalligining ilk akkordi ham C (do major) bo‘lib, uni quyidagicha qilib tuzamiz: gammaning 1-, 3- va 5- notalarini olamiz:
C – D – E – F – G – A – B – C.
Natijada C – E – G uchtovushligi hosil bo‘ladi. Bu esa C (do major) akkordidir. Qolgan akkordlarni ham ayni formula bo‘yicha tuzamiz:
C
(I) |
D
(II) |
E
(III) |
F
(IV) |
G
(V) |
A
(VI) |
B
(VII) |
C
(I) |
Akkord |
|
I |
C |
E |
G |
C
(do major) |
|||||
ii |
D |
F |
A |
Dm
(re minor) |
|||||
iii |
E |
G |
B |
Em
(mi minor) |
|||||
IV |
F |
A |
C |
F
(fa major) |
|||||
V |
D |
G |
B |
G
(sol major) |
|||||
vi |
E |
A |
C |
Am
(lya minor) |
|||||
vii° |
D |
F |
B |
B°
(kam. si) |
Xulosa qilib aytganda, quyidagi akkordlarni hosil qildik: C (do major), Dm (re minor), Em (mi minor), F (fa major), G (sol major), Am (lya minor) va B° yoki Bdim (kamaytirilgan si).
C (do major) akkord zinasida bu akkordlarni istalgan ketma-ketma ketlikda chalish mumkin. Natija yaxshi chiqaraveradi, chunki bu akkordlar bir-biri bilan „chiqishadi“.
Har bir akkord rim raqami bilan belgilanadi. Major akkordlar katta sonlar bilan, minor akkordlar esa kichik sonlar bilan belgilanadi. Kamaytirilgan akkordlarga daraja (°) belgisi qo‘shiladi. Yuqorida jadval asosida har qanday major gamma akkordlarini tuzish formulasini chiqarsak bo‘ladi.
I – major
ii – minor
iii – minor
IV – major
V – major
vi – minor
vii° – dim
Major gammalarda yuqorida ko‘rsatilgan asosiy uchtovushliklarga qo‘shimcha ravishda quyidagi kengaytirilgan akkordlarni ham chalish mumkin:
I |
ii |
iii |
IV |
V |
vi |
vii° |
|
Uch- tovushlik |
major |
minor |
minor |
major |
major |
minor |
dim |
Kengay- tirilgan |
major
septakkord (maj7 yoki M7) |
minor
septakkord (min7 yoki m7) |
minor
septakkord (min7 yoki m7) |
major
septakkord (maj7 yoki M7) |
dominant septakkord
(7) |
minor
septakkord (min7 yoki m7 |
7b5
|
Bu formulani istalgan tonallikka tatbiq qilish mumkin. Quyida barcha major tonalliklarning keng tarqalgan uch tovushli akkordlari berilgan. Rim raqamlari bilan akkordning gammadagi o‘rni belgilangan.
Major
tonalliklar |
I |
ii |
iii |
IV |
V |
vi |
vii° |
C |
C |
Dm |
Em |
F |
G |
Am |
B° |
C# |
C# |
D#m |
E#m |
F# |
G# |
A#m |
B#° |
D♭ |
D♭ |
E♭m |
Fm |
G♭ |
A♭ |
B♭m |
C° |
D |
D |
Em |
F#m |
G |
A |
Bm |
C#° |
E♭ |
E♭ |
Fm |
Gm |
A♭ |
B♭ |
Cm |
D° |
E |
E |
F#m |
G#m |
A |
B |
C#m |
D#° |
F |
F |
Gm |
Am |
B♭ |
C |
Dm |
E° |
F# |
F# |
G#m |
A#m |
B |
C# |
D#m |
E#° |
G♭ |
G♭ |
A♭m |
B♭m |
C♭ |
D♭ |
E♭m |
F° |
G |
G |
Am |
Bm |
C |
D |
Em |
F#° |
A♭ |
A♭ |
B♭m |
Cm |
D♭ |
E♭ |
Fm |
G° |
A |
A |
Bm |
C#m |
D |
E |
F#m |
G#° |
B♭ |
B♭ |
Cm |
Dm |
E♭ |
F |
Gm |
A° |
B |
B |
C#m |
D#m |
E |
F# |
G#m |
A#° |
3. Major tonallik akkord zinalari
Yuqorida major gammasi asosida akkord tuzishni ko‘rib chiqdik. Endi ushbu akkordlarning keng tarqalgan zinalari yoki ketma-ketliklari bilan tanishib chiqsak. Quyida major tonallikdagi akkord zinalarining eng ko‘p uchraydigan turlari berilgan. Eslatib o‘taman, katta rim raqamlari bilan major akkordlar, kichik rim raqamlari bilan esa minor akkordlar belgilangan.
I – IV
C (do major) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: C – F.
Misol: Bolalar guruhi ijrosidagi „Yoz alvido“ ashulasi D (re major) tonalligida bo‘lib, uning kupletida aynan I – V ketma-ketligi uchraydi. Ya’ni, ashula kupletida D – G akkordlari chalingan.
I – V – ii – IV
C (do major) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: C – G – Dm – F.
Misol: Bolalar guruhi ijrosidagi „Adashdim“ ashulasi F (fa major) tonalligida bo‘lib, unda I – V – ii – IV akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashulada boshdan-oyoq F – C – Gm – B♭sus2 akkordlari chalingan.
I – V – iii – IV
C (do major) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: C – G – Em – F.
Misol: Bolalar guruhi ijrosidagi „Tanlagandim men seni“ ashulasi G (sol major) tonalligida bo‘lib, unda I – V – iii – IV akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashula naqoratida G – D – Bm7 – C akkordlari chalingan.
I – V – vi – IV
C (do major) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: C – G – Am – F.
Natalie Imbruglia ijrosidagi „Torn“ ashulasi F (fa major) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida aynan I – V – vi – IV ketma-ketligi uchraydi. Ya’ni, ashula naqoratida, F – C – Dm – B♭ akkordlari chalingan. Bolalar ijrosidagi „Sog‘indim ishon“ ashulasi ham ayni akkordlar bilan, ammo yarim ton pastlatib sozlangan gitarada ijro etilgan. Ya’ni, „Sog‘indim ishon“ ashulasi E (mi major) tonalligidadir.
I – vi – IV – V
I – V – vi – IV ketma-ketligidagi akkordlar o‘rnini bir oz o‘zgartirib, „50-yillar ketma-ketligi“ deb nomlanuvchi I – vi – IV – V ketma-ketligini hosil qilish mumkin. „50-yillar ketma-ketligi“ nomi bekorga o‘ylab topilmagan: mazkur akkord progressiyasi 1950-yillar g‘arb pop musiqasida juda keng qo‘llanilgan. C (do major) tonalligida bu ketma-ketlik quyidagi akkordlardan iborat: C – Am – F – G.
Misol: Shohruhxon va Shahzoda ijrosidagi „Shoshma“ ashulasi B (si major) tonalligida bo‘lib, unda I – vi – IV – V akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashulada boshdan-oyoq B – G#m – E – F# akkordlari chalingan.
Bolalar guruhining „Xayolim senda“ ashulasida ham aynan shu ketma-ketlik ishlatilgan. Xususan, ashula A (lya major) tonalligida bo‘lib, uning kupletida A – F#m – D – E akkordlari I – vi – IV – V ketma-ketligida chalingan.
Nihoyat, Aziz Sharipov Davron G‘oipovning „To‘xta, to‘xta shoshmagin“ ashulasiga qilgan kaverida ham aynan shu ketma-ketlikni ishlatgan. Bu ashula ham A (lya major) tonalligida bo‘lib, uning kupletida ham A – F#m – D – E akkordlari I – vi – IV – V ketma-ketligida chalingan.
Tabiiyki, bundan boshqa son-sanoqsiz akkord ketma-ketliklari bor. Major akkordlar ketma-ketligining umumiy formulasini bilib olsangiz, o‘zingiz ham mustaqil ravishda son-sanoqsiz ketma-ketlik tuza olasiz.4. Minor gammasiga asoslangan akkordlar
Tabiiy minor gammasi asosida tuzilgan akkordlar
Major gammasidan farqli o‘laroq, minor gammasining uch turi mavjud. Bular tabiiy minor, garmonik minor hamda melodik minor gammalaridir. Quyida ushbu uchala gamma asosida akkord tuzishni ko‘rib chiqamiz. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, bu uchala gamma orasida tabiiy minor gammasi eng keng tarqalgan bo‘lib, uning asosida tuzilgan akkordlar boshqa minor gammalar asosida tuzilgan akkordlarga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Tabiiy minor gammasi asosida 7 ta diatonik akkord tuzish mumkin. Minor gammalarida 7 ta nota bor, shunday ekan, bu gammaga asoslanib yetti akkorddan iborat ketma-ketlik tuzsak bo‘ladi. Masalan, Cm (do minor) gammasini olaylik. Bu gamma quyidagi notalardan iborat: C – D – E♭ – F – G – A♭ – B♭ – C (do – re – mi-bemol – fa – sol – lya-bemol – si-bemol – do).
Cm (do minor) gammasining ilk akkordi ham Cm (do minor) bo‘lib, uni quyidagicha qilib tuzamiz: gammaning 1-, 3- va 5- notalarini olamiz: C – D – E♭ – F – G – A♭ – B♭ – C. Natijada C – E♭ – G uchtovushligi hosil bo‘ladi. Bu esa Cm (do minor) akkordidir. Qolgan akkordlarni ham ayni formula bo‘yicha tuzamiz:
C
(I) |
D
(II) |
E♭
(III) |
F
(IV) |
G
(V) |
A♭
(VI) |
B♭
(VII) |
C
(I) |
Akkord |
|
i |
C |
E♭ |
G |
Cm
(do minor) |
|||||
II° |
D |
F |
A♭ |
Ddim
(kam. re) |
|||||
III |
E♭ |
G |
B♭ |
E♭
(mi-bemol major) |
|||||
|
F |
A♭ |
C |
Fm
(fa minor) |
|||||
v |
D |
G |
B♭ |
Gm
(sol minor) |
|||||
|
E♭ |
A♭ |
C |
A♭
(lya-bemol major) |
|||||
VII |
D |
F |
B♭ |
B♭
(si-bemol major) |
Xulosa qilib aytganda, quyidagi akkordlarni hosil qildik: Cm (do minor), D° yoki Ddim (kamaytirilgan re), E♭ (mi-bemol major), Fm (fa minor), Gm (sol minor), A♭ (lya-bemol major) va B♭ (si-bemol major).
Cm (do minor) akkord zinasida bu akkordlarni istalgan ketma-ketma ketlikda chalish mumkin. Natija yaxshi chiqaraveradi, chunki bu akkordlar bir-biri bilan „chiqishadi“.
Eslatib o‘taman, har bir major tonallikning unga parallel minor sherigi bor. C (do major) tonalligining parallel tonalligi Am (lya minor) tonalligidir. Am (lya minor) tonalligi akkordlari quyidagilardir: Am (lya minor), B° yoki Bdim (kamaytirilgan si), C (do major), Dm (re minor), Em (mi minor), F (fa major) va G (sol major).
Yuqoridagi misol asosida har qanday minor tonallik akkordlarini tuzish formulasini chiqarsak bo‘ladi. Bu formulani quyidagicha ifodalaymiz:
i – minor
ii° – dim
III – major
iv – minor
v – minor
VI – major
VII – major
Minor tonalliklarda yuqorida ko‘rsatilgan asosiy akkordlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi kengaytirilgan akkordlarni ham chalish mumkin:
i |
ii° |
III |
iv |
v |
VI |
VII |
|
Uch- tovushlik |
minor |
dim |
major |
minor |
minor |
major |
major |
Kengay- tirilgan |
minor
septakkord (min7 yoki m7) |
m 7b5 |
major
septakkord (maj7 yoki M7) |
minor
septakkord (min7 yoki m7) |
minor
septakkord (min7 yoki m7) |
major
septakkord (maj7 yoki M7) |
dominant septakkord (7) |
Bu formulani istalgan tonallikka tatbiq qilish mumkin. Quyida barcha minor tonalliklarning keng tarqalgan uch tovushli akkordlari berilgan. Rim raqamlari bilan har bir akkordning gammadagi o‘rni belgilangan.
Minor
tonalliklar |
i |
ii° |
III |
iv |
v |
VI |
VII |
Cm |
Cm |
D° |
E♭ |
Fm |
Gm |
A♭ |
B♭ |
C#m |
C#m |
D#° |
E |
F#m |
G#m |
A |
B |
Dm |
Dm |
E° |
F |
Gm |
Am |
B♭ |
C |
D#m |
D#m |
E#° |
F# |
G#m |
A#m |
B |
C# |
E♭m |
E♭m |
F° |
G♭ |
A♭m |
B♭m |
C♭ |
D♭ |
Em |
Em |
F#° |
G |
Am |
Bm |
C |
D |
Fm |
Fm |
G° |
A♭ |
B♭m |
Cm |
D♭ |
E♭ |
F#m |
F#m |
G#° |
A♭ |
Bm |
C#m |
D |
E |
Gm |
Gm |
A° |
B♭ |
Cm |
Dm |
E♭ |
F |
G#m |
G#m |
A#° |
B |
C#m |
D#m |
E |
F# |
A♭m |
A♭m |
B♭° |
C♭ |
D♭m |
E♭m |
F♭ |
G♭ |
Am |
Am |
B° |
C |
Dm |
Em |
F |
G |
A#m |
A#m |
B#° |
C# |
D#m |
E#m |
F# |
G# |
B♭m |
B♭m |
C° |
D♭ |
E♭m |
Fm |
G♭ |
A♭ |
Bm |
Bm |
C#° |
D |
Em |
F#m |
G |
A |
Garmonik minor gamma asosida tuzilgan akkordlar
Yuqorida tabiiy minor gammasi asosida tuzilgan akkord va akkord zinalari bilan tanishib chiqdik. Ammo garmonik minor hamda melodik minor gammasi asosida ham akkord tuzish mumkin. Bunday akkord va akkord progressiyalari ozroq uchragani uchun ularga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Garmonik minor gammasi asosida 7 ta akkord tuzish mumkin. Garmonik minor gammalarida 7 ta nota bor, shunday ekan, bu gammaga asoslanib yetti akkorddan iborat ketma-ketlik tuzsak bo‘ladi. Masalan, Cm (do minor) garmonik minor gammasini olaylik. Bu gamma quyidagi notalardan iborat: C – D – E♭ – F – G – A♭ – B – C (do – re – mi-bemol – fa – sol – lya-bemol – si – do). (Garmonik minor gammasini tabiiy minor gammasi bilan solishtirsak, faqat bitta farq borligini kuzatamiz: VII pog‘ona yarim tonga ko‘tarilgan).
Cm (do minor) garmonik minor gammasining ilk akkordi ham Cm (do minor) bo‘lib, uni quyidagicha qilib tuzamiz: gammaning 1-, 3- va 5- notalarini olamiz: C – D – E♭ – F – G – A♭ – B – C. Natijada C – E♭ – G uchtovushligi hosil bo‘ladi. Bu esa Cm (do minor) akkordidir.
Qolgan akkordlarni ham ayni formula bo‘yicha tuzamiz. Natijada quyidagi akkordlar hosil bo‘ladi: Cm (do minor), D° yoki Ddim (kamaytirilgan re), E♭+ yoki E♭aug (orttirilgan mi-bemol), Fm (fa minor), G (sol major), A♭ (lya-bemol major) va B° yoki Bdim (kamaytirilgan si).
Yuqoridagi misoldan kelib chiqib, garmonik minor gamma asosida akkordlarni quyidagi formula bo‘yicha tuzamiz:
i – minor
ii° – dim
III+ – aug
iv – minor
V – major
VI – major
vii° – dim
Garmonik minor gammasi asosida yuqorida ko‘rsatilgan asosiy akkordlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi kengaytirilgan akkordlarni ham chalish mumkin:
i |
ii° |
III+ |
iv |
V |
VI |
vii° |
|
Uch- tovushlik |
minor |
dim |
aug |
minor |
major |
major |
dim |
Kengay- tirilgan |
minor/major
septakkord (min/maj7) |
m 7b5 |
maj7#5 |
minor
septakkord (min7 yoki m7) |
dominant septakkord (7) |
major
septakkord (maj7 yoki M7) |
dim7 |
Melodik minor gammasi asosida tuzilgan akkordlar
Melodik minor gammasi asosida 7 ta akkord tuzish mumkin. Melodik minor gammasida 7 ta nota bor, shunday ekan, bu gammaga asoslanib yetti akkorddan iborat ketma-ketlik tuzsak bo‘ladi. Masalan, Cm (do minor) melodik minor gammasini olaylik. Bu gamma quyidagi notalardan iborat: C – D – E♭ – F – G – A – B – C (do – re – mi-bemol – fa – sol – lya – si – do). (Melodik minor gammasini tabiiy minor gammasi bilan solishtirsak, ikkita farq borligini kuzatamiz: VI va VII pog‘onalar yarim tonga ko‘tarilgan).
Cm (do minor) melodik minor gammasining ilk akkordi ham Cm (do minor) bo‘lib, uni mana bu yo‘l bilan tuzamiz: gammaning 1-, 3- va 5- notalarini olamiz: C – D – E♭ – F – G – A – B – C. Natijada C – E♭ – G uchtovushligi hosil bo‘ladi. Bu esa Cm (do minor) akkordidir.
Qolgan akkordlarni ham ayni formula bo‘yicha tuzamiz. Natijada quyidagi akkordlar hosil bo‘ladi: Cm (do minor), D° yoki Ddim (kamaytirilgan re), E♭+ yoki E♭aug (orttirilgan mi-bemol), F (fa major), G (sol major), A° yoki Adim (kamaytirilgan lya) va B° yoki Bdim (kamaytirilgan si).
Yuqoridagi misoldan kelib chiqib, melodik minor gammasi asosida akkordlarni quyidagi formula bo‘yicha tuzamiz:
i – minor
ii° – dim
III+ – aug
IV – major
V – major
vi° – dim
vii° – dim
Melodik minor gammasi asosida yuqorida ko‘rsatilgan asosiy akkordlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi kengaytirilgan akkordlarni ham chalish mumkin:
i |
ii° |
III+ |
IV |
V |
vi° |
vii° |
|
Uch- tovushlik |
minor |
dim |
aug |
major |
major |
dim |
dim |
Kengay- tirilgan |
minor/major
septakkord (min/maj7) |
m 7b5 |
maj7#5 |
dominant septakkord (7) |
dominant septakkord (7) |
m7b5 |
m7b5 |
5. Minor tonallik akkord zinalari
Tabiiy minor akkord zinalari
Yuqorida minor gammasi asosida akkordlar hosil qilishni ko‘rib chiqdik. Endi ushbu akkordlarning keng tarqalgan zinalari yoki ketma-ketliklari bilan tanishib chiqsak. Quyida minor tonallik akkord zinalarining eng ko‘p uchraydigan turlari berilgan. Eslatib o‘taman, katta rim raqamlari bilan major akkordlar, kichik rim raqamlari bilan esa minor akkordlar belgilangan.
i – iv – VII – III
Am (lya minor) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: Am – Dm – G – C
Misol: Bolalar guruhi ijrosidagi „Esingdami seni“ ashulasi aynan Am (lya minor) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida i – iv – VII – III akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashula naqoratida yuqorida keltirilgan Am – Dm – G – C akkordlari chalingan.
Yana bir misol: Bolalar guruhi ijrosidagi „Bolalar“ ashulasi Bm (si minor) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida i – iv – VII – III va i – iv – VI akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashula naqoratida Bm – Em – A – D va Bm – Em – G akkordlari chalingan.
i – v – VI – iv
Am (lya minor) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: Am – Em – F – Dm
Misol: Ulug‘bek Rahmatullayev ijrosidagi „Qirmizi olma/Yabloko lyubvi“ ashulasi B♭m (si-bemol minor) tonalligida bo‘lib, unda boshdan-oyoq i – v – VI – iv – v akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashulada B♭m – Fm – G♭ – E♭m – Fm akkordlari chalingan.
i – v – VII – VI
Am (lya minor) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: Am – Em – G – F
Misol: Renat Sobirov va Tohir Sodiqov ijrosidagi „Yomg'irlar“ ashulasi Gm (sol minor) tonalligida bo‘lib, unda boshdan-oyoq i – v – VII – VI akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashulada Gm – Dm7 – F – E♭ akkordlari chalingan.
i – VI – III – VII
Am (lya minor) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: Am – F – C – G
Misol: Davo guruhi ijrosidagi „Jon“ ashulasi Em (mi minor) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida i – VI – III – VII akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, naqoratda Em – C – G – D akkordlari chalingan.
i – VI – VII – v
Am (lya minor) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: Am – F – G – Em
Misol: Lola ijrosidagi „Muhabbatim“ ashulasi Cm (do minor) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida i – VI – VII – v akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, naqoratda Cm – A♭ – B♭ – Gm akkordlari chalingan.
i – VII – v – i
Am (lya minor) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: Am – G – Em – Am
Misol: Bojalar guruhi ijrosidagi „Jiyda gullaganda“ ashulasi aynan Am (lya minor) tonalligida bo‘lib, unda boshdan-oyoq i – VII – v – i akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan.
Guruhning „Eslama meni“ ashulasi ham Am (lya minor) tonalligida bo‘lib, uning kupletida ham i – VII – v – i akkord ketma-ketligi uchraydi.
i – VII – v – VI
Am (lya minor) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: Am – G – Em – F
Misol: Benom guruhi ijrosidagi „So‘rama“ ashulasi aynan Am (lya minor) tonalligida bo‘lib, uning kupletida i – VII – v – VI – VII akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, kupletda Am – G – Em – F – G akkordlari chalingan.
iv – VII – III – i
Am (lya minor) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: Dm – G – C – Am
Misol: Bolalar guruhi ijrosidagi „Kerak emas“ ashulasi Cm (do minor) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida iv – VII – III – i akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, naqoratda Fm – B♭ – E♭ – Cm akkordlari chalingan.
Guruhning „Nega men sensiz?“ ashulasi kupleti va naqoratida ham ayni akkord ketma-ketligi ishlatilgan. Xususan, ashula Bm (si minor) tonalligida bo‘lib, uning kupletida va naqoratida Em – A – D – Bm akkordlari chalingan.
Shuningdek, Sahar guruhining „Meni izlama“ ashulasi Em (mi minor) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida ham iv – VII – III – i va iv – VII – III – III akkord ketma-ketliklari qo‘llanilgan. Xususan, ashula naqoratida Am – D – G – Em va Am – D – G – G akkordlari chalingan.
VI – III – VII – iv
Am (lya minor) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: F – C – G – Dm
Misol: Bolalar guruhi ijrosidagi „Xafa qilma meni“ ashulasi Am (lya minor) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida aynan VI – II – VII – iv akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashula naqoratida F – C – G – Dm akkordlari chalingan.
VI – iv – i – VII
Am (lya minor) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: F – Dm – Am – G
Misol: Bolalar guruhi ijrosidagi „Meniki bo‘lsa“ ashulasi Dm (re minor) tonalligida bo‘lib, unda boshdan-oyoq VI – iv – i – VII akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashulada boshdan-oyoq B♭ – Gm – Dm – C akkordlari chalingan.
VI – VII – v – i
Am (lya minor) tonalligida bu quyidagi akkordlardir: F – G – Em – Am
Misol: Bolalar guruhi ijrosidagi „Kel, yashaylik biz birga“ ashulasi aynan Am (lya minor) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida VII – VII – v – i akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashula naqoratida F – G – Em – Am akkordlari chalingan.
Garmonik minor akkordlari ishlatilgan zinalar
Minor tonallikdagi asarda asosan tabiiy minor gammasi asosida tuzilgan akkordlar ishlatiladi. Ammo bu musiqa asarini bir oz zerikarli va quruq qilish mumkin. Shuning uchun minor tonallikdagi asarda oddiy minor gammasi akkordlariga qo‘shimcha tarzda garmonik minor gammasi asosida tuzilgan akkordlarni ham ishlatish mumkin.
Masalan, Ravshan Sobirov ijrosidagi „Sen yig‘lama“ ashulasi F# (fa-diyez) garmonik minor gammasi asosida yozilgan bo‘lib, uning naqoratida F# (fa-diyez) garmonik minor gammasiga kiruvchi F#m – G#° – Aaug – Bm – C# – D – E#° akkordlari iv – V – i – VI ketma-ketligida qo‘llanilgan. Xususan, naqoratda Bm – C#7 – F#m – D akkordlari chalingan.
Melodik minor akkordlari ishlatilgan zinalar
Melodik minor gammasi notalari asosida tuzilgan akkord zinalari juda oz uchraydi. Sababi, melodik minor gammasi asosida tuzilgan akkordlari birga chalinganda yoqimli eshitilmaydi. Ammo bu holat ushbu akkordlar beqaror, degani emas. Tabiiy minor gammasi asosida yozilgan asarda melodik minor gammasining ayrim akkordlari ishlatilishi mumkin.
6. Aralash akkord zinalari
Bir tonallik asosida tuzilgan akkord ketma-ketliklarida boshqa tonallikka tegishli akkordlar ham ishlatilishi mumkin. Biror akkord zinasiga kiruvchi standart akkordlarning birortasi o‘rniga boshqa akkordni chalish akkord almashtirish (inglizcha chord substitution) deyiladi. Masalan, minor tonallikda major tonallik akkordlari yoki aksincha — major tonallikda minor tonallik akkordlari qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, musiqa asarlarida qo‘shimcha dominanta (inglizcha dominant second) ham keng qo‘llaniladi. Quyida ushbu holatlar haqida batafsil ma’lumot va misollar keltirilgan.
Akkord almashtirish – umumiy notaga ega akkordlar
Umuman olganda, biror akkord zinasiga kiruvchi standart akkordlarning istalganini boshqa akkord bilan almashtirish mumkin. Amal qilishimiz shart bo‘lgan yagona qoida shuki, biror akkord va uning o‘rniga ishlatiladigan akkord kamida bitta umumiy notaga ega bo‘lishi kerak. Masalan, C (do major) tonalligini olib qaraylik. Ushbu tonallikning standart akkordlari C, Dm, Em, F, G, Am va B° dir. Bu akkordlardan I – vi – IV – V ketma-ketligini, ya’ni, C – Am – F – G akkord zinasini tuzaylik. Biz ushbu to‘rt akkordning birortasi o‘rniga ishlatadigan akkord C (do major) tonalligiga diatonik bo‘lmasligi, ya’ni unga kirmasligi mumkin.
Keling, Am (lya minor) akkordini almashtiramiz. Yuqorida ko‘rsatilgandek, Am (lya minor) akkordi A (lya), C (do) va E (mi) notalaridan iborat. Am (lya minor) o‘rniga chaladigan akkordimizda ushbu uch notaning biri bo‘lsa, bas. Eng oson misol — A (lya major) akkordi. Ushbu akkord A (lya), C# (do-diyez) va E (mi) notalaridan tuziladi. Shu yo‘sinda C – Am – F – G ketma-ketligi asosida C – A – F – G ketma-ketligini tuzdik. Bu holat esa har qanday minor akkordni major akkordga, major akkordni esa minor akkordga almashtirishimiz mumkinligini ko‘rsatadi. Pirovardida, ohang quloqqa yaxshi eshitilsa bas!
C – Am – F – G ketma-ketligiga qaytadigan bo‘lsak, Am (lya minor) o‘rniga yana qanday akkordlarni ishlatish mumkin? F (fa) akkordida A (lya) notasi bor, lekin ayni akkordni ikki marta chalish zerikarli bo‘ladi. F#m (fa-diyez minor) akkordida ham A (lya) bor. Demak, C – Am – F – G ketma-ketligidan C – F#m – F – G ketma-ketligini tuzish mumkin. Davom etadigan bo‘lsak, Dm (re minor) akkordida ham A (lya) notasi bor. Bu esa bizga C – Dm – F – G akkord zinasini beradi. D (re) akkordida ham A (lya) notasi bor. Ya’ni, C – D – F – G ketma-ketligini ham chalish mumkin.
Endi Am (lya minor) akkordining yana bir notasi — C (do) notasini olaylik. Am (lya minor) akkordini nafaqat tarkibida A (lya) notasi bo‘lgan, balki C (do) notasi bo‘lgan akkordlar bilan ham almashtirish mumkin. Eng oson yo‘li C (do major) akkordini Cm (do minor) akkordi bilan almashtirishdir. Natijada C – Am – F – G ketma-ketligidan C – Cm – F – G ketma-ketligi hosil bo‘ladi. Yana qanday akkordlarda C (do) notasi bor? Masalan, A♭ (lya bemol) akkordi A♭ (lya-bemol), C (do) va E♭ (mi-bemol) notalaridan iborat. Shunday ekan, C – Am – F – G ketma-ketligidan C – A♭ – F – G ketma-ketligini tuzish mumkin. Ajoyib eshitiladi! Bundan tashqari, Fm (fa minor) tarkibida ham C (do) bor: C – Fm – F – G.
Nihoyat, Am (lya minor) akkordining uchinchi notasi — E (mi) notasini olib qaraylik. Bu yerda ham C – Am – F – G ketma-ketligidan C – Em – F – G akkord zinasini tuzish mumkin. Yoki E (mi major) akkordini ishlatib, C – E – F – G zinasini tuzish mumkin va hokazo. Xulosa qilib aytganda, „ishlatilishi kerak bo‘lgan“ akkordni uning tarkibidagi kamida bitta notaga ega bo‘lgan boshqa akkord bilan bemalol almashtirish mumkin. Quyida akkord almashtirishga ayrim misollar keltirilgan.
I – III
Ravshan Sobirov va Setora ijrosidagi „Xayr, maktabim!“ ashulasi E (mi major) tonalligida bo‘lib, unda G# (sol major) akkordi chalingan. Aslida esa E (mi major) tonalligi akkordlari E, F#m, G#m, A, B, C#m, D#° dir. Ya’ni, ashulada G#m (sol-diyez minor) akkordi G# (sol major) akkordi bilan almashtirilgan. (Bundan tashqari, ashulada E (mi major) tonalligiga nomdosh tonallik – Em (mi minor) tonalligining iv akkordi bo‘lmish Am (lya minor) akkordi ham ishlatilgan.)
Ashula akkord zinasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning naqoratida i – III akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashula naqoratida E – G# akkordlari chalingan.
i – iv – ii – VII
Yulduz Usmonova ijrosidagi „Dadajon“ ashulasi Am (lya minor) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida B♭ (si-bemol) va Gm (sol minor) akkordlari chalingan. Aslida esa Am (lya minor) tonalligi akkordlari Am, B°, C, Dm, Em, F, G dir. Ya’ni, ashulada Bdim (kamaytirilgan si) akkordi B♭ (si-bemol) akkordi bilan, G (sol major) akkordi Gm (sol minor) akkordi bilan almashtirilgan.
Ashula akkord zinasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning 1-kupletida va naqoratida i – iv – ii – VII akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashula 1-kupleti va naqoratida Am – Dm – B♭ – Gm – Am akkordlari chalingan.
i – vii – II – I
Sardor Rahimxon ijrosidagi „Do‘st/Drug“ ashulasi F#m (fa-diyez minor) tonalligida bo‘lib, uning kupletida Em (mi minor) va G (sol major) akkordlari chalingan. Aslida esa F#m (fa-diyez minor) tonalligi akkordlari F#m, G#°, A, Bm, C#m, D, E dir. Ya’ni, ashulada E (mi major) akkordi Em (mi minor) akkordi bilan, G#° (kam. sol-diyez major) akkordi G (sol major) akkordi bilan almashtirilgan. Bundan tashqari, ashulada nomdosh tonallik F# (fa-diyez major) tonalligining I akkordi bo‘lmish F# (fa-diyez major) akkordi ham ishlatilgan.
Ashula akkord zinasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning kupletida i – vii – II – I akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashula kupletida F#m – Em – G – F# akkordlari chalingan.
ii – III – vi
Dado guruhi ijrosidagi „Yuragim“ ashulasi A♭ (lya-bemol major) tonalligida bo‘lib, unda C7(b13) (do dominantseptakkordi) chalingan. Aslida esa A♭ (lya-bemol major) tonalligi akkordlari A♭, B♭m, Cm, D♭, E♭, Fm, G° dir. Ya’ni, ashulada Cm (do minor) akkordi C7(b13) (do dominantseptakkordi) bilan almashtirilgan. (b13 akkordga qo‘shimcha 6-minor pog‘ona qo‘shilganini anglatadi.)
Ashula akkord zinasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning naqoratida ii – III – vi akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashula naqoratida B♭m – C7(b13) – Fm akkordlari chalingan.
IV – I – IV – III
Bolalar guruhi ijrosidagi „Senga bog‘langan qalbim“ ashulasi E (mi major) tonalligida bo‘lib, unda G# (sol-diyez major) akkordi chalingan. Aslida esa E (mi major) tonalligi akkordlari E, F#m, G#m, A, B, C#m, D#° dir. Ya’ni, ashulada G#m (sol-diyez minor) akkordi G# (sol-diyez major) akkordi bilan almashtirilgan.
Ashula akkord zinasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, unda boshdan-oyoq IV – I – IV – V hamda VI – I – IV – III akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashulada boshdan oyoq A – E – A – B hamda A – E – A – G# akkordlari chalingan.
V – VII – III
Samandar ijrosidagi „Eng gullagan yoshlik chog‘imda“ ashulasi E♭m (mi-bemol minor) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida B (si major) akkordi chalingan. Aslida esa E♭m (mi-bemol minor) tonalligi akkordlari E♭m, F°, G♭, A♭m, B♭m, C♭, D♭ dir. Ya’ni, ashulada B♭m (si-bemol minor) akkordi B (si major) akkordi bilan almashtirilgan.
Ashula akkord zinasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning naqoratida V – VII – III akkord ketma-ketligi qo‘llanilgan. Xususan, ashula naqoratida B – D♭ – G♭ akkordlari chalingan.
vi – V – vii – I
Bolalar guruhi ijrosidagi „Eski shahar“ ashulasi Gm (sol minor) tonalligida bo‘lib, unda Fm (fa minor) akkordi chalingan. Aslida esa Gm (sol minor) tonalligi akkordlari Gm, A°, B♭, Cm, Dm, E♭, F dir. Ya’ni, ashulada F (fa major) akkordi Fm (fa minor) akkordi bilan almashtirilgan.
Qolaversa, ashulada ham Gm (sol minor) tonalligida „kiruvchi“ Gm (sol minor), ham „kirmaydigan“ G (sol major) akkordlari qo‘llanilgan. Bundan tashqari, ashulada nomdosh tonallik bo‘lmish G (sol major) tonalligining V akkordi D7 (re dominantseptakkordi) ham ishlatilgan.
Ashula akkord zinasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, naqoratda yuqoridagi akkordlar vi – V – vii – I akkord ketma-ketligida chalingan. Xususan, naqoratda Cm – D7 – Fm – G akkordlari chalingan.
Qarzga olingan akkordlar – nomdosh tonallik akkordlari
Bir tonallikda unga „sherik“ yoki nomdosh tonallik akkordlari qo‘llanilishi mumkin. Bir xil tonikaga ega tonalliklar „nomdosh“ tonalliklar deb ataladi. Misol keltiradigan bo‘lsam, major tonallikda minor tonallik akkordlari va aksincha – minor tonallikda major tonallik akkordlari qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, minor tonallikda ham tabiiy minor, ham garmonik minor gammasi akkordlari ishlatilishi mumkin. Ularni qarzga olingan akkordlar (inglizcha borrowed chords) yoki almashtirilgan akkordlar (inglizcha substituted chords) deb ataymiz. Ayni holat lad qorishmasi (inglizcha mode mixture yoki modal mixture), lad almashinuvi (inglizcha modal interchange), mutatsiya (inglizcha mutation) deb ham nomlanadi.
Minor tonallikka nomdosh garmonik minor akkordlari ishlatilgan asarlar juda ko‘p uchraydi. Qolaversa, minor yoki major nomdosh tonallik akkordi qisqa chalinib, original tonallikka qaytilgan ashulalar ham ko‘p uchraydi. Masalan, major tonalliklarda nomdosh minor tonallikning IV akkordi ishlatilgan asarlar juda ko‘p. Masalan, C (do major) tonalligida Fm (fa minor) akkordi ishlatilishi mumkin va hokazo. Minor tonalliklarda esa major tonallikning IV va V akkordi ishlatilgan holatlar ham juda ko‘p uchraydi. Masalan, Bm (si minor) tonalligida E♭ (mi-bemol major) va F (fa major) akkordlari ishlatilishi mumkin. Quyida nomdosh tonallik akkordlari ishlatilgan ashulalarga ayrim misollar keltirilgan.
Major tonallikda iv akkordi
Major tonallikka ega ashulalarda nomdosh minor tonallik akkordlari ishlatilishi mumkin. Masalan, major tonallikdagi asarda IV major akkordi o‘rniga iv minor akkordi chalinishi mumkin. Quyida bunday ashulalarga ayrim misollar keltirilgan.
IV – iv
Bolalar ijrosidagi „Unutganim yo‘q“ ashulasi C (do major) tonalligida bo‘lib, unda Fm (fa minor) akkordi chalingan. Xususan, ashulaning kupleti va naqorati yakunida quyidagi ketma-ketlik uchraydi: IV – iv. Ya‘ni, ashulada F – Fm akkordlari chalingan. Bu yerda F (fa major) akkordi F (fa major) tonallik akkordi, lekin Fm (fa minor) akkordi Cm (do minor) tonalligining iv akkordidir.
Minor tonallikda IV akkordi
Minor tonallikka ega ashulalarda nomdosh major tonallik akkordlari ishlatilishi mumkin. Masalan, minor tonallikdagi asarda iv minor akkordi o‘rniga IV major akkordi chalinishi mumkin. Quyida bunday ashulalarga ayrim misollar keltirilgan.
i – iv – VII – IV
Bolalar guruhi hamda Lola ijrosidagi „Undan nimam kam?“ ashulasi Cm (do minor) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida F (fa major) akkordi chalingan. Xususan, kupletda quyidagi ketma-ketlik uchraydi: i – iv – VII – IV. Ya’ni, naqoratda Cm – Fm – B♭ – F akkordlari chalingan. Bu yerda Cm (do minor), Fm (fa minor) va B♭ (si-bemol major) akkordlari Cm (do minor) tonallik akkordlari, lekin F (fa major) akkordi C (do major) tonalligining IV akkordidir.
Minor tonallikda V va V7 akkordlari
Minor tonallikdagi ashulalarda garmonik minor akkordlari ishlatilishi mumkin. Masalan, i – iv – V yoki i – iv – V7 ketma-ketligi keng tarqalgan. Bu yerda i – iv tabiiy minor gammaning i va iv akkordlari, V va V7 esa garmonik minor gammasining V akkordidir. Bundan tashqari, ayni holatni minor tonallikda nomdosh major tonallikning V akkordi ishlatilgan, deya izohlash mumkin, chunki garmonik minor va nomdosh major gammaning V pog‘onadagi akkordlari bir xildir. Quyida minor tonallikda V yoki V7 akkordi ishlatilgan ashulalarga misollar bilan tanishishingiz mumkin.
i – III – iv – V
Lolaning „Orzu“ ashulasi Bm (si minor) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida F# (fa-diyez major) akkordi ishlatilgan. Xususan, kupletda quyidagi ketma-ketlik uchraydi: i – III – iv – V. Ya’ni, kupletda Bm – D – Em – F# akkordlari chalingan. Bu yerda Bm (si minor), D (re major), Em (mi minor) akkordlari Bm (si minor) gamma akkordlari, lekin F# akkordi B (si) garmonik minor yoki B (si) major gammasining V akkordidir.
i – iv – V
Bolalar ijrosidagi „Shamol“ ashulasi Am (lya minor) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida E (mi major) akkordi ishlatilgan. Xususan, naqoratda quyidagi ketma-ketlik uchraydi: i – iv – V – i. Ya‘ni, naqoratda Am – Dm – E – Am akkordlari chalingan. Bu yerda Am (lya minor) va Dm (re minor) akkordlari Am (lya minor) gammasi akkordlari, lekin E (mi major) akkordi A (lya) garmonik minor yoki A (lya) major gammasining V akkordidir.
Shuningdek, Sardor Rahimxon Janob Mirzo guruhining „Ey, sinfdosh“ ashulasiga qilgan kaveri Gm (sol minor) tonalligida bo‘lib, uning kupletida D7 (re dominantseptakkordi) ishlatilgan. Xususan, ashula kupleti va naqoratida quyidagi ketma-ketlik uchraydi: i – iv – V7 – i. Ya’ni, kuplet va naqoratda Gm – Cm – D7 – Gm akkordlari chalingan. Bu yerda Gm (sol minor) va Cm (do minor) akkordlari Gm (sol minor) gammasi akkordlari, lekin D7 akkordi G (sol) garmonik minor yoki G (sol) major gammasining V akkordidir.
Ravshan Sobirovning „Askar“ ashulasi Am (lya minor) tonalligida bo‘lib, uning kupletida E (mi major) akkordi ishlatilgan. Xususan, kupletda quyidagi ketma-ketlik uchraydi: i – iv – V – V. Ya’ni, kupletda Am – Dm – E – E akkordlari chalingan. Bu yerda Am (lya minor) va Dm (re minor) akkordlari Am (lya minor) gammasi akkordlari, lekin E (mi major) akkordi A (lya) garmonik minor yoki A (lya) major gammasining V akkordidir.
Shuningdek, Ravshan Sobirovning „Kel, jonim“ ashulasi Bm (si minor) tonalligida bo‘lib, uning naqoratida F# (fa-diyez) akkordi ishlatilgan. Xususan, naqoratda quyidagi ketma-ketlik uchraydi: i – iv – V – VI – V. Ya’ni, naqoratda Bm – Em – F# – G – F# akkordlari chalingan. Bu yerda Bm (si minor), Em (mi minor), G (sol) akkordlari Bm (si minor) gammasi akkordlari, lekin F# (fa-diyez) akkordi B (si) garmonik minor yoki B (si) major gammasining V akkordidir.
i – v – iv – V7
Bolalar guruhining „Seni sog‘indim“ ashulasi Am (lya minor) tonalligida bo‘lib, uning kupletida va naqoratida E7 (mi dominantseptakkordi) ishlatilgan. Xususan, ashulada quyidagi ketma-ketlik uchraydi: i – v – iv – V. Ya’ni, kupletning ikkinchi qismida Am – Em – Dm – E7 akkordlari chalingan. Bu yerda Am (lya minor), Em (mi minor), Dm (re minor) akkordlari Am (lya minor) gammasi akkordlari, lekin E7 (mi dominantseptakkord) A (lya) garmonik minor yoki A (lya) major gammasining V akkordidir.
i – VI – iv – V
Jo‘rabek ijrosidagi „Orzu“ ashulasi Bm (si minor) tonalligida bo‘lib, ashula naqoratida F# (fa-diyez) akkordi ishlatilgan. Xususan, ashula kupletida quyidagi ketma-ketlik uchraydi: i – VI – iv – V. Ya’ni, naqoratda Bm – G – Em – F# akkordlari chalingan. Bu yerda Bm (si minor), G (sol), Em (mi minor) akkordlari Bm (si minor) gammasi akkordlari, lekin F# (fa-diyez) akkordi B (si) garmonik minor yoki B (si) major gammasining V akkordidir.
Rayhon ijrosidagi „Yurak“ ashulasida ham deyarli bir xil ketma ketlikni uchratish mumkin. Ashula B♭m (si-bemol minor) tonalligida bo‘lib, uning kupleti va naqoratida F7sus4 (fa-dominantseptakkordi sus4) va F (fa major) akkordlari ishlatilgan. Xususan, ashula kupletida i – v – VI – iv – V – V, naqoratida esa i – iv – VI – iv – V – V ketma-ketligi uchraydi. Ya’ni, kupletda B♭m – Fm – G♭ – E♭m – F7sus4 – F, naqoratda esa B♭m – E♭m – G♭ – E♭m – F7sus4 – F akkordlari chalingan. Bu yerda B♭m (si-bemol minor), Fm (fa minor), G♭ (sol-bemol major) va E♭m (mi-bemol minor) akkordlari B♭m (si-bemol minor) gammasi akkordlari, lekin F7sus4 (fa-dominantseptakkordi sus4) va F (fa major) akkordlari B♭ (si-bemol) garmonik minor yoki B♭ (si-bemol) major gammasining V akkordidir.
i – VI – iv – V7
Ziyod Eshonxo‘jayevning „Bu oqshom“ ashulasining bir necha tonallikdagi versiyasi mavjud, lekin ularning barchasi minor tonallikda. Masalan, Em (mi minor) tonalligidagi versiyasida B7 (si dominantseptakkordi) qo‘llanilgan. Xususan, ashula kupletida quyidagi ketma-ketlik uchraydi: i – VI – iv – V7. Ya’ni, kupletda Em – C – Am – B7 akkordlari chalingan. Bu yerda Em (mi minor), C (do major), Am (lya minor) akkordlari Em (mi minor) gammasi akkordlari, lekin B7 (si dominantseptakkordi) E (mi) garmonik minor yoki E (mi) major gammasining V akkordidir.
I – VII – VI – V
Bolalar guruhining „Nega unday qilding sen?“ ashulasi Bm (si minor) tonalligida bo‘lib, uning kupletida F# (fa-diyez) akkordi ishlatilgan. Xususan, ashulada quyidagi ketma-ketlik uchraydi: I – VII – VI – V – V. Ya’ni, kupletda Bm – A – G – F#7sus4 – F# akkordlari chalingan. Bu yerda Bm (si minor), A (lya major), G (sol major) akkordlari Bm (si minor) gammasi akkordlari, lekin F#7sus4 – F# akkordlari B (si) garmonik minor yoki B (si) major gammasining V akkordidir.iv – V7 – i – VII
Sahar guruhining „Yomg‘ir“ ashulasi Gm (sol minor) tonalligida bo‘lib, uning kupleti va naqoratida D7 (re dominantseptakkordi) ishlatilgan. Xususan, ashula kupleti va naqoratida quyidagi ketma-ketlik uchraydi: iv – V7 – i – VII. Ya’ni, kuplet va naqoratda Cm – D7 – Gm – F akkordlari chalingan. Bu yerda Cm (do minor), Gm (sol minor) akkordlari Gm (sol minor) gammasi akkordlari, lekin D7 (re dominantseptakkordi) akkordi G (sol) garmonik minor yoki G (sol) major gammasining V akkordidir.
iv – VI – VII – V
Bolalar guruhining „Bo‘ldi xato“ ashulasi Am (lya minor) tonalligida bo‘lib, uning kupleti va naqoratida E (mi major) akkordi ishlatilgan. Xususan, ashula kupletida quyidagi ketma-ketlik uchraydi: iv – VI – VII – V. Ya’ni, kupletda Dm – F – G – E akkordlari chalingan. Bu yerda Dm (re minor), F (fa major), G (sol major) akkordlari Am (lya minor) gammasi akkordlari, lekin E (mi major) akkordi A (lya) garmonik minor yoki A (lya) major gammasining V akkordidir.
iv – VII – VI – i – vii
Lolaning „Netayin?“ ashulasi B♭m (si-bemol minor) tonalligida bo‘lib, uning kupletida Adim7 (kam. lya septakkordi) ishlatilgan. Xususan, ashula kupletida quyidagi ketma-ketlik uchraydi: iv – VII – VI – i – vii. Ya’ni, kupletda E♭m – A♭ – G♭ – B♭m/G – Adim7 akkordlari chalingan. Bu yerda E♭m (mi-bemol minor), A♭ (lya-bemol), G♭ (sol-bemol) va B♭m/G (bas notasi sol bo‘lgan si-bemol minor) akkordlari B♭m (si-bemol minor) gammasi akkordlari, lekin Adim7 (kam. lya septakkordi) akkordi B♭ (si-bemol) garmonik minor gammasining vii akkordidir.
VII – v – i – I
Ulug‘bek Rahmatullayevning „Sog‘inib“ ashulasi B♭m (si-bemol minor) tonalligida bo‘lib, kuplet va naqorat yakunida B♭ (si-bemol major) tonalligining I akkordi – B♭ (si-bemol major) akkordi ishlatilgan. Xususan, ashula kupletining ikkinchi qismida quyidagi ketma-ketlik uchraydi: VII – v – i – I. Ya’ni, kupletning ikkinchi qismida A♭ – Fm – B♭m – B♭ akkordlari chalingan. Bu yerda A♭ (lya-bemol major), Fm (fa minor), B♭m (si-bemol minor) akkordlari B♭m (si-bemol minor) gamma akkordlari, lekin B♭ (si-bemol major) akkordi B♭ (si-bemol major) tonalligining I akkordidir.
Qo‘shimcha dominanta – yorqin o‘tishlar
Ayrim ashulalarda qo‘shimcha dominanta (inglizcha dominant second) uchraydi. Sodda qilib aytganda, qo‘shimcha dominanta gammaning tonikasi hisoblanmagan pog‘onasiga nisbatan dominanta bo‘ladi. Dominanta esa, o‘z navbatida, major yoki minor gammasining beshinchi va eng muhim pog‘onasidir. Gammaning beshinchi pog‘onasida tuzilgan uchtovushlikni ham dominanta deb atashadi. Major gammasining ham, minor gammasining ham dominantasi doim major akkord bo‘ladi (oddiy major akkord yoki 7 lik, ya’ni dominantseptakkord).
Umumiy holatda qo‘shimcha dominanta Dп, xususiy holatda D/[pog‘ona] o‘laroq belgilanadi. Bu yerda „pog‘ona“ — qo‘shimcha dominanta qurilayotgan pog‘ona raqami. Masalan, D/III belgisi uchinchi pog‘onaga nisbatan qo‘shimcha pog‘ona tuzilganini anglatadi.
Qo‘shimcha dominantalarni ishlatishdan maqsad nima? Maqsad bir akkorddan ikkinchisiga o‘tishni yorqin, kuchli qilish. Major tonalliklarda qo‘shimcha dominantalar odatda II, III, IV, V, VI pog‘onalarga nisbatan, minor tonalliklarda esa III, IV, V, VI, VII pog‘onalarga nisbatan tuziladi.
Masalan, Bolalar guruhining „Maktab valsi/Shkolniy vals“ ashulasi C (do major) tonalligida bo‘lib, unda C – E – Am – Dm – G akkordlari chalingan. Yuqoridagi formulalar asosida E (mi major) akkordi C (do major) tonalligiga kirmasligini kuzatamiz. Lekin E (mi major) akkordi Am (lya minor) tonalligining dominantasidir. Ushbu ashulada E (mi major) akkordi C (do major) dan Am (lya minor)ga o‘tishni yorqinroq qiladi. Buning sababi shundaki, E (mi major) akkordi tarkibida A♭ (lya-bemol) notasi bo‘lib, u C (do major) gammaga kirmaydi. Ammo keyingi akkordimiz tonallikka kiruvchi Am (lya minor) bo‘lgani uchun, C – E – Am o‘tishida qisqa muddatga yuzaga kelgan tanglik yorqin yechiladi.
Shuningdek, Bolalar guruhining „Bilaman, bu – hayot“ ashulasi G (sol major) tonalligida bo‘lib, unda B7 (si dominantseptakkordi) chalingan. Aslida bu akkord G (sol major) tonalligiga kirmaydi, lekin G (sol major) tonalligining beshinchi pog‘onasi bo‘lmish Em (mi minor)ning dominantasidir. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, odatda qo‘shimcha dominantadan keyin o‘sha dominanta asosiga o‘tish kuzatiladi. Masalan, G (sol major) tonalligida ko‘p holatlarda B7 (si dominantseptakkordi)dan keyin Em (mi minor) akkordi chalinadi. Ammo „Bilaman, bu – hayot“ ashulasida B7 (si dominantseptakkordi)dan keyin C (do major) akkordining bir turi bo‘lmish Cadd11 akkordiga o‘tilgan. Xususan, ashula kupletida ham, naqoratida ham G – B7 – Cadd9 akkord ketma-ketligi chalingan. Bunday holatlarda qo‘shimcha dominanta yolg‘on yechimga (inglizcha deceptive resolution) yetaklaydi, deyiladi.